mimar

Mimar group

Biz haqimizda

MIMAR Development O’zbekistonning eng yirik va tez suratlar bilan rivojlanayotgan developerlik kompanyialaridan bo’lib, turar-joy mavzelari, sanoat hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan.

Zamonaviy, qulay, xavfsiz shahar muhitini yaratish hamda ijtimoiy, transport va iqtisodiy infratuzilmani takomillashtirishni biz o’zimizning missiyamiz deb bilamiz.

Bizning qadriyatlarimiz

Xavfsizlik

Qurilishning har bir bosqichida jamoat xavfsizligini ta’minlash — bu MIMAR Group kompaniyasining asosiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

Sifat

Biz xalqimiz va ajdodlarimiz uchun ko’p yillar davomida xizmat qiladigan bino va maskanlarni yaratmoqdamiz. Shuning uchun MIMAR Group kompaniyasiga tegishli obyektlarida qurilishning har bir bosqichida sifat nazorati tizimi yo’lga qo’yildi.

Malaka

Xodimlarimizning kasbiy malakasi — bu qurilish ishlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. MIMAR Group kompaniyasida faoliyat yuritayotgan har bir xodim boy tajriba va malakaga ega bo’lib, bu dunyoni yaxshilik sari o’zgartirish g’oyasidan ilhomlangan.

Innovatsiyalar

Har bir xodimimiz o’z faoliyatini va jamiyat hayot tarzini yaxshilashga mo’ljallangan innovatsiyalarni yaratmoqda. Loyihalarni amalga oshirish jarayonida kompaniyamiz tomonidan ilg’or muhandislik texnologiyalar va turli hil nou-xaular qo’llaniladi.

Mas’uliyat

MIMAR Group o’z faoliyatining ahamiyatini anglagan holda loyihalarni amalga oshirish jarayonida ekologik va jamoat xavfsizligi bo’yicha mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi

Estetika

Bizning kompaniyamiz shaharlarning arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilashga yo’naltirilgan zamonaviy obyetklarini barpo etmoqda

Mimar group

RAHBARIYAT

MIMAR Group faoliyatida shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash va O’zbekistonning yangi arxitekturaviy qiyofasini yaratish g’oyalari aks ettirgan.

MIMAR Group rahbariyatining asosiy maqsadi — ona yurt ravnaqiga o’z hissasini qo’shishdir. Kompaniyamizning top-menedjmenti biznes va qurilish sohalaridagi boy tajribaga ega va katta yutuqlarga erishgan mutaxassislardan iborat

FAOLIYATIMIZ YO’NALISHLARI

MIMAR Group yirik qurilish xoldingi bo’lib, loyihalashtirish, qurilish, loyihalarni kuzatib borish, development kabi sohalarda keng ko’lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Loyihalashtirish

Qurilish

Loyihalarni kuzatib borish

Development

RESURSLAR

Texnika parki

Dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan zamonaviy texnikalar

Tajribali mutaxassislar

Boy xalqaro tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar

Logistika markazi

Logistika markazining optimal joylashuvi va uzviy ishlashi qurilish jarayonini o’z vaqtida bajarish va mablag’larni iqtisod qilishga yordam beradi

Sifat laboratoriyalar

Sifat laboratoriyada barcha qurilish materiallarini tekshirish va sinash ishlari olib borilmoqda

Mimar group

Loyihalar

MIMAR Group turar-joy mavzelari, sanoat hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan.

Shaharsozlik

Ijtimoiy infratuzilma

Sanoat va savdo majmualari

Landshaft dizayni

Mimar group

HAMKORLAR

Ishonchli hamkorlik — muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy omillaridan biri deb bilamiz. Shu bois MIMAR Group O’zbekiston, Turkiya, Xitoy kabi davlatlarning yetakchi texnika va homashyo yetkazib beruvchi korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatmoqda.

Bizning hamkorlarimiz — faqat obro’li va peshqadam deb tan olingan kompaniyalar.